“Bir million o‘zbek dasturchilari” loyihasi g‘oliblari aniqlandi

Maʼlumki, 2019 yildan buyon Xalq taʼlimi vazirligi, AKT vazirligi hamda Birlashgan Arab Amirliklarining “Dubai Future Foundation” jamg‘armasi bilan hamkorlikda “Bir million dasturchi” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida o‘quvchilar 4 ta yo‘nalishda IT mutaxassisliklarini bepul o‘rganish imkoniyatini beruvchi platforma (uzbekcoders.uz) ishga tushirildi. Barcha kurslarni muvaffaqiyatli tugatgan bitiruvchilar sertifikatlarga ega bo‘lib, Udacity platformasidagi Nanodegree dasturida o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

photo2022-06-1018-25-56.jpg

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokida Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri devoni bilan hamkorlikda yakuniy natijalar marosimi va “Bir million o‘zbek dasturchilari” loyihasining ishtirokchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

photo2022-06-1018-25-56-3.jpg

Eng faol hudud nominatsiyasi bo‘yicha:

Xorazm viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi (Xamro Bektimirov)

“Eng faol maktab” nominatsiyasi bo‘yicha:

Qashqadaryo viloyati, Koson tumani 9-maktabi (maktab direktori Do‘stmurod Boradjonov va maktabning informatika fani o‘qituvchisi Ulug‘bek Mamatqulov) taqdirlandi.

G‘oliblar qimmatbaho va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

photo2022-06-1018-25-58-2.jpg

Maʼlumot uchun: Nanodegree diplomlari axborot texnologiyalari sohasidagi yirik kompaniyalar Google, AT&T, Autodesk, Salesforce va boshqalar tomonidan tan olingan.

Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan 2019-2020 o‘quv yilida, pandemiya sharoitda AKT vazirligi va IT Park bilan hamkorlikda umumtaʼlim maktablarida “Bir million dasturchilar” loyihasi boshlandi.

photo2022-06-1018-25-58.jpg

2020 yilda 4 nafar, 2021 yilda 6 nafar o‘quvchi va 8 nafar o‘qituvchilar tanlov g‘oliblari bo‘lib? umumiy 15 000 AQSH dollari miqdorida yutuqqa ega bo‘lgan.

Bundan tashqari, eng yuqori natija ko‘rsatgan Karmana tumanidagi 2-son, Qo‘ng‘irot tumanidagi 39-son maktablarga “Prezident sovg‘asi” - “Spark” avtomobili sovg‘a qilinib, maktabdagi informatika fani o‘qituvchilari “Xalq taʼlimi aʼlochisi” ko‘krak-nishoni bilan taqdirlangan.

photo2022-06-1018-25-58.jpg

Loyiha doirasida o‘quv kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan maktablarning 100 nafar eng yaxshi informatika fani o‘qituvchilari har yili bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida mukofotlanadi.

2019-2020 o‘quv yilida 100 nafar informatika fani o‘qituvchilari 446 mln.so‘m, 2020-2021 o‘quv yilida 100 nafar informatika fani o‘qituvchilari 490 mln.so‘m pul mukofotlariga ega bo‘lishgan.

photo2022-06-1018-25-58-3.jpg

2021-2022 o‘quv yili yakuni bo‘yicha yana 100 nafar Informatika fani o‘qituvchilari g‘oliblari yaqinda eʼlon qilinadi.

Share to: