O‘zbekistonning taʼlim tizimi hamda besh yillik rivojlanish milliy dasturi Turkiyada taqdimot qilindi

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 6-12 iyun kunlari Anqara va Istanbul shaharlarida bo‘lib o‘tgan Turkiy tilli davlatlar tashkilotiga a'zo mamlakatlarning 1-O‘qituvchilar almashinuv dasturida o‘zbekistonlik o‘qituvchilar ham ishtirok etdi.

photo2022-06-1311-57-37.jpg

Unda vakillarimiz tomonidan O‘zbekistonda xalq taʼlimi sohasini rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor, 5 yillik xalq taʼlimini rivojlantirish va o‘quv dasturi, yangi avlod darsliklarining yaratilishi, kadrlarni tayyorlash, malaka oshirish tizimidagi o‘zgarishlar haqida batafsil taqdimot qilindi. 

photo2022-06-1311-57-38.jpg

Ushbu taqdimot tashkilotning aʼzo davlatlar vakillari tomonidan eʼtirof etilib, katta qiziqish bilan kutib olindi. Bundan tashqari tadbir davomida boshqa davlatlarning ham taʼlim tizimidagi taqdimotlari namoyish etilib, taʼlimdagi islohotlarning o‘ziga xos jihatlari haqida maʼlumot berildi.

photo2022-06-1311-57-40.jpg

photo2022-06-1311-57-39.jpg

Shuningdek, ishtirokchilar Istanbul shahrida Turkiy tilli davlatlar tashkilotining kotibiyati (bosh ofisi)da bo‘lib, uning faoliyati bilan tanishdilar. Shu yerda kotibiyat vakillari tashkilotga aʼzo mamlakatlarning o‘zaro hamkorligi hamda kelgusidagi rejalari haqida ma'lumot berildi. 

photo2022-06-1311-58-52.jpg

Tadbir yakunida Kotibiyat tomonidan 1-O‘qituvchilar almashinuvi dasturi ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi.

Share to: